“Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi;
havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab qor yogʻib, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.
Xorazm viloyati;
havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari;
havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari;
havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari;
havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari;
havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlari;
havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻib, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli tumanlarida qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.