Ertaga baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin

    Shu yilning 12-oktyabr kuni Respublikamizda havo biroz bulutli boʻladi, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarining baʼzi joylarida kechga tomon yomgʻir yogʻishi mumkin.

    Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.

    “Oʻzgidromet” agentligining xabariga koʻra, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 22-24° boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 16-21° boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.

    Togʻ oldi va togʻli hududlar; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° boʻladi.