Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligidagi majlis ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Qozog'iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qo'mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etadi.

Tadbir chog'ida xalqaro kun tartibining va Hamdo'stlik formatidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish, MDH doirasida 2019 yilga mo'ljallangan ko'p darajali vazirliklararo maslahatlashuvlar rejasining amalga oshirilishini va 2020 yil uchun Rejani, shuningdek, koronavirus tarqalishiga qarshi birgalikda qarshi kurashish yo'llarini muhokama qilish ko'zda tutilgan.

Majlis yakunida qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.