Ertaga aksariyat hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi

    “Oʻzgidromet” ertaga, 12-noyabr, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

    Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.

    • Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

    • Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

    • Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumikn. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

    • Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

    • Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.

    • Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

    • Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.