Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 23-25° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Rфespublikasi, Xorazm Viloyat; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Togʻli hududlar; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° boʻladi.