Ertaga ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

    Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi ertaga, 4-oktabr kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

    Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechqurun qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechqurun shamolning tezligi sekundiga 11-13 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +15...+17, kunduzi +28...+30 daraja iliq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +9...+14, kunduzi +22...+27 daraja iliq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi tumanlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +15...+20, kunduzi +24...+29 daraja iliq boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida kechqurun qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +12...+17 daraja iliq, kunduzi +26...+31 daraja issiq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +15...+20 daraja iliq, kunduzi +28...+33 daraja issiq boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +10...+15, kunduzi +23...+28 daraja iliq boʻladi.

    Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻladi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +5...+10, kunduzi +15...+20 daraja iliq boʻladi.