Qayd etilishicha, ertaga Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 16-18 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, Ustyurt boʻylab yogʻingarchilik (yomgʻir,qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi kutilmoqda. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 4-7 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq, choʻl hududlarida kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli tumanlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.