Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-15, kunduzi 25-27 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 24-29 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 24-29 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Toshkent viloyatida kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechqurun qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli tumanlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻli joylarda yogʻayotgan yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.