Ertaga barcha davlat tashkilotlaridan elektr energiyasini bir soatga oʻchirish tavsiya etildi

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashabbusi bilan yurtimizda 25-mart — “Yer vaqti” kuniga bagʻishlab maxsus aksiya oʻtkaziladi.

    Qayd etilishicha, aksiya doirasida barcha davlat tashkilotlarida elektr energiyasini bir soatga oʻchirish tavsiya etildi. Bundan maqsad tabiiy resurslarni asrash, tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoramizga gʻamxoʻrlik koʻrsatishdir.

    “Qadrli yurtdoshlar! Barchangizni ushbu aksiyaga befarq boʻlmaslikka va kun davomida atigi 60 daqiqaga elektr energiyasidan foydalanmaslikka chaqiramiz. Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga oʻz hissangizni qoʻshasiz va boshqalarni ham sayyoramizga gʻamxoʻrlik qilishga ruhlantirasiz” — deyiladi xabarda.