Ertaga baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin

    Yashil sayyora 14 Aprel 2021 1774

    Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15-aprel kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-11, kunduzi 21-23 daraja iliq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

    Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

    Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

    Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, togʻoldi va togʻli tumanlarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining 2000 metrdan baland boʻlgan togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

    ***

    14-19-aprel kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining 2000 metrdan baland boʻlgan togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.