“Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati;

havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida ayrim joylarda biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida ayrim joylarda qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari;

havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.