Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 15-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-16 daraja iliq, kunduzi 29-31 daraja issiq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 23-28 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 25-30 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.