Ertaga havo harorati +40 darajagacha koʻtariladi

    Yashil sayyora 6 May 2025 1114

    Shu yilning 7-may kuni respublikamizda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

    “Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 36-38 daraja boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston respublikasi;

    havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

    Xorazm viloyati;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari;

    havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari;

    havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;

    havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.