Ertaga havo oʻzgarib turadi, koʻp joylarda yogʻingarchilik boʻlmaydi

    Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 20-oktyabr kuni kechasi +12, kunduzi +28 darajagacha iliq boʻladi.

    Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-11, kunduzi 25-27 daraja iliq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 23-28 daraja iliq boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 23-28 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 21-26 daraja iliq boʻladi.

    Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.