Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-16, kunduzi 28-30 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 11-16, kunduzi 25-30 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 26-31 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi tumanlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.