Ertaga kunduz kuni respublikaning baʼzi hududlarida havo harorati +38 darajaga koʻtariladi

    Oʻzgidromet ertaga, 8-may kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi.

    Toshkent shahri havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 31-33 daraja boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston respublikasi, Xorazm viloyati havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja, baʼzi joylarda 38 darajagacha boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlari havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Toshkent viloyatining togʻli hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-12 daraja boʻladi.

    Muhim hodisalar:

    7-8-mayda Toshkent viloyatining togʻli hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor koʻchishi xavfi bor. 9-11-mayda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.