Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Navoiy viloyatining ayrim tumanlarida shamolning tezligi sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayadi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Qor koʻchishi xavfi bor. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayadi. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.