Ertaga Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo kirib kelishi boshlanadi

    7-yanvarda Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

    7-yanvarda Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib kelishi boshlanadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasida ayrim joylarda kechasi va ertalab yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

    8-yanvarda kechasi va ertalab faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik saqlanib turadi.

    8-yanvarda kunduz kuni va 9-10-yanvarda Oʻzbekistonning barcha hududi boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

    8-10-dekabr kunlari havo harorati kechalari 2-5 daraja iliqdan 3-6 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 5-8 daraja iliqdan 0-3 daraja sovuqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.

    Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    Respublikaning togʻli hududlarida 6-8-yanvar kunlari vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, 7-8-yanvarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

    Poytaxtimizda: 6-10-yanvar kunlari asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 7-yanvarda kechqurun va 8-yanvarga oʻtar kechasi yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushadi.

    Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 7-yanvarda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    Havo harorati:

    • 6-yanvarda kunduzi 8-10 daraja iliq;
    • 7-yanvarda kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja iliq;
    • 8-yanvarda kechasi va kunduzi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq;
    • 9-yanvarda kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq;
    • 10-yanvarda kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq boʻladi.