Quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat kechga tomon Toshkent viloyatida, shuningdek togʻ oldi va togʻli hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Koʻpchilik viloyatlarda kunduz kuni havo 40-43° gacha, janubda baʼzi joylarda 44-46° gacha saqlanib turadi.
Kavkaz hududlaridan kirib kelayotgan kuchsiz antitsiklon taʼsirida respublika shimolida havo harorati pasayadi va 33-38° ni tashkil etadi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, baʼzi joylarda changli boʻron bilan kuchayish ehtimoli mavjud.
Ertaga Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin havo respublikaning katta qismini qamrab oladi, buning hisobiga havo harorati pasayadi. Oʻzbekistonda yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida, togʻ oldi va togʻli hududlarda shuningdek momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 24-27° atrofida boʻladi, kunduz kunlari esa harorat pasayadi va 34-38° ni, respublikaning eng janubida 41-43° gacha ni tashkil etadi
Bunday harorat foni haftaning oxirigacha davom etadi. Ushbu davrda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat togʻ oldi va togʻli hududlarning baʼzi joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. 8-9-iyun kunlarida shamolli ob-havo saqlanib turadi, respublika boʻyicha shamol 17-22 m/s gacha, baʼzi joylarda changli boʻron bilan kuchayishi mumkin,deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.