“Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, poytaxt uchun may oylarida mutlaq eng yuqori harorat +39.9 darajaga teng boʻlgan. Ertaga bu qiymat poytaxtda yangilanishi mumkin. Chunki, Oʻzgidromet ertangi kun uchun poytaxtga +39...+41 darajali issiqlik kutilmasini eʼlon qildi.
Jazirama issiq poytaxtda shanba kuni ham davom etadi. Jumadan shanbaga oʻtar kechasi Toshkentda tunda aholi issiq va dim havodan juda qiynalsa kerak.
Yakshanba kuni esa poytaxtliklar juma va shanba kuniga nisbatan haroratni 10 darajagacha pasayib ketishiga guvoh boʻladi.