Ertaga Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida yomgʻir yogʻishi mumkin

    23-avgust kuni havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Fargʻona viloyatlarining togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

    “Oʻzgidromet” xabariga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 33-35° boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston respublikasi, Xorazm viloyati; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, choʻl hududlarda baʼzi joylarda 25-27° , kunduzi 32-37° boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari; havo biroz bulutli, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlari; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Fargʻona viloyatlarining togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 22-27° boʻladi.