Ertaga Qoraqalpogʻistonda va yana 3 ta viloyatning baʼzi joylarida yomgʻir yogʻishi mumkin

    Shu yilning 21-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

    Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

    “Oʻzgidromet”ning xabariga koʻra, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 29-31° boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26-31° boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26-31° boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 32-37° boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° boʻladi.

    Togʻli hududlar; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yogʻingarchilik boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 20-25° boʻladi.