Ertaga 19-noyabr kuni respublika hududining katta qismida yomgʻir yogʻadi (shimoli-gʻarbiy, sharqiy va respublikaning eng chekka janubiy hududlardan tashqari). 20-noyabr kuni faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Harorat kechalari +3...+8 daraja iliq, kunduz kunlari +13...+18 daraja iliq boʻladi.
21-22-noyabr kunlari respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati deyarli oʻzgarmaydi.
Shamol yoʻnalishi birozdan oʻrtacha tezlikgacha oʻzgarib turadi, 21-22-noyabrda shimolda va choʻl hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda 18-22-noyabrda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 19-20-noyabrda baʼzi joylarda
kuchli boʻlishi mumkin.
Poytaxtimizda: yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat +18...+20 daraja iliq boʻladi.
Ertaga 19-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 20-21-noyabrda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, 22-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi.
Harorat asosan kechlari +5...+8 daraja iliq, kunduz kunlari +13...+18 daraja iliq boʻladi.
Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.