Ertaga respublikamizning janubiy hududlarida harorat +43 darajagacha chiqishi mumkin

    “Oʻzgidromet” 4-iyul, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

    Toshkent shahri. Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+22 daraja, kunduzi +35...+37 daraja boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +35...+40 daraja boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon boʻlishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon boʻlishi mumkin. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +32...+37 daraja boʻladi.

    Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +38...+43 daraja boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +32...+37 daraja boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +22...+27 daraja boʻladi.