Ertaga respublikaning ayrim tumanlarida yomgʻir yogʻadi

    Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi 2-oktyabr kuni respublika boʻylab kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

    Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-11, kunduzi 18-20 daraja iliq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

    Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 5-10, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

    Muhim hodisalar

    Joriy yilning 2-oktyabr kuni Oʻzbekiston hududiga salqin va nisbatan nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.

    Respublikaning ayrim tumanlarida yomgʻir yogʻadi.

    Havo harorati kunduzi 18-21, kechasi 8-13 darajagacha, shimolda kunduzi 13-16, kechasi 4-7 daraja iliqgacha pasayadi.

    Respublikamizning baʼzi joylarida shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.