Ertaga Toshkent shahri va viloyatida yomgʻir yogʻishi mumkin

    Yashil sayyora 9 Iyul 2025 1360

    Shu yilning 10-iyul kuni respublikamizda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent shahri va viloyatining baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    “Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 32-34 daraja boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

    Toshkent viloyati;

    havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 31-36 daraja boʻladi.

    Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari;

    havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 31-36 daraja boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;

    havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

    Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari;

    havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 21-26 daraja boʻladi.