1-avgustdan 13-avgustga qadar 2023−2024 oʻquv yili uchun Toshkent shahridagi bir nechta manzillarda test sinovlari oʻtkazilishi munosabati bilan ushbu manzillar orqali harakatlanuvchi shahar jamoat transporti yoʻnalishlarining harakati soat 5:00 dan tashkil etiladi.

Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

Test sinovlari oʻtkaziladigan manzillar orqali harakatlanuvchi shahar jamoat transporti yoʻnalishlari (19, 50, 63, 115, 85, 88, 152, 24, 51, 67, 91, 93, 95, 140, 2, 38, 89, 136, 44, 68, 155, 17, 58, 60, 76, 53, 64, 65, 141, 196, 133 m va 28m) bilan quyidagi suratda batafsil tanishish mumkin.