Ertaga Turkiya tashqi ishlar vaziri Chavushog‘lu Farg‘onaga keladi

    15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelayotgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushog‘lu o‘z safarini Farg‘onadan boshlaydi.  Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

    Chavushog‘lu 14 iyul kuni Istanbuldan Farg‘onaga uchib keladi. Kun davomida Turkiya tashqi ishlar vaziri Marg‘ilondagi Hunarmandlar markazi, Qo‘shtepa tumanidagi qovunchilik dalalari, Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyi hamda Jome majmuasi bilan tanishadi.

    Shu kuni kechqurun Mevlyut Chavushog‘lu Farg‘onaga tashrifini yakunlab, xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga uchib ketadi.