29 avgust kuni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga yangi Airbus A320neo avialayneri qo'nishi kutilmoqda.

Bu "Uzbekistan airways" aktsiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizga so'nggi ikki yilda olib kelinayotgan oltinchi avialaynerdir. 

eslatib o'tamiz, o'tgan yili Jamiyat tomonidan 5 ta Airbus A321neo olib kelingandi. 

ekspertlarning fikricha, O'zbekistonda bunday zamonaviy avialaynerlar parkining kengayishi, avvalo, o'zbekistonliklarga hamda xorijlik mehmonlarga jahon standartlariga mos xizmat ko'rsatish imkonini beradi.

Bundan tashqari, O'zbekistonning aviatashuv sohasidagi xalqaro imijini oshiradi.