Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, Gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esa boshlaydi, shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-6, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esa boshlaydi, baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, 10-15 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esa boshlaydi, baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Qashqarad va Surxandaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esa boshlaydi, baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esa boshlaydi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq- 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 darajagacha iliq boʻladi.