Ertaga,18-iyun kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

    Joylarda asosan havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 35-37 daraja boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.