Ertangi hosil barakasi — bugungi harakatlar samarasidan

    Joriy yil hosili uchun viloyatda 72 ming 161 gektar maydonga chigit ekilishi rejalashtirilgan bo'lib, ayni kungacha belgilangan hududlarda ekish to'liq yakuniga yetkazildi.

    Jumladan, mavsumni samarali tashkil etish maqsadida viloyat bo'yicha jami 337 ta yuqori unumli pnevmatik chigit ekish seyalkalari jalb etilgan.

    Tumanlardagi sektor rahbarlari ishtirokida ishni to'g'ri tashkil etish yuzasidan fermer xo'jaliklari kesimida nazorat tartibi o'rnatilib, monitoring olib borilmoqda.

    Shuningdek, viloyatda 2022 yil hosili uchun 2 ming 365 ta fermer va qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan jami 103 ming 845 gektar suvli maydonlarga boshoqli don ekinlari ekilgan.

    Shu kungacha g'allaning 92 ming 870 gektar maydoni (89,4 foiz) naychalashda va 10 ming 975 gektar (10,6 foiz) boshoqlash fazasida rivojlanmoqda.

    Azotli mineral o'g'itlar bilan uchinchi bahorgi oziqlantirish ishlari (gektariga 250 kg.dan) bugungi kun holatiga bir kunda 7040 gektar (6,8 foiz), mavsum boshidan 22 ming 223 gektar (21,4 foiz) hajmida amalga oshirilgan.

    Mahalliy o'g'it jamg'arish aprel oyida har gektariga 2 tonnadan 207 ming 690 tonna rejalashtirilib, bugungi kunda amalda bir kunda 10 ming 354 tonna (5,0 foiz), mavsum boshidan 118 ming 766 tonna (57,2 foiz)ga jamg'arilgan.

    Bugungi kunda zang kasalligiga qarshi fungitsidlar bilan ishlov berish ishlari bir kunda 1345 gektar (1,3 foiz), mavsum boshidan 136 ming 820 gektar (131,8 foiz), begona o'tlarga qarshi gerbitsidlar bilan ishlov berish ishlari bir kunda 265 gektar (0,3 foiz), mavsum boshidan 117 ming 174 gektar (112,8 foiz), zararkunandalarga qarshi ishlov berish ishlari bir kunda 4173 gektar (4,0 foiz), mavsum boshidan 18 ming 70 gektar (17,4 foiz) maydonlarda tashkil etilgan.

    Toshkent viloyati hokimligi

    Axborot xizmati