Uni viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshqardi.

Xususan, “O'zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoniga nomzodlar ro'yxatini shakllantirish bo'yicha viloyat oqsoqollari ishtirokida uchrashuv tashkil etib, eng munosiblarni tanlash, nomzod haqida asosli xulosalar berish lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, viloyat rahbari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, bu boradagi kamchiliklarni birma-bir muhokama qildi.

Bu borada Ohangaron tumanida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan ishlarni tashkillashtirishda viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi, Sog'liqni saqlash boshqarmasi, Maktabgacha ta'lim boshqarmasi rahbarlari loqayd munosabatda bo'lgani keskin tanqid qilindi.

Yig'ilish davomida Zoyir Mirzayev viloyatdagi xizmat uylariga hamon ayrim rahbarlar ko'chib o'tmagani, daraxt ekish ishlarini har bir mutasaddi avvalo o'zi yashab turgan xizmat uyi atrofidan boshlab, boshqalarga namuna ko'rsatishi lozimligini alohida urg'uladi.

Yig'ilishda ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar yuklanib, ijrosi nazoratga olindi.