Odamlar koʻpincha korrupsiya haqida koʻrib, bilib tursada, bu haqida tegishli tashkilotlarga xabar bermaydi. Vaholanki, korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etish qidiruv eʼlon qilingan shaxslarni topishda yordam koʻrsatishdir.
Hudud24uz sayti korrupsiya haqida xabar bergan beriladigan shaxslarga bir martalik pul mukofotlari haqida yozdi. Unga koʻra:
a) korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun — BHMning 3 baravari miqdorida;
b) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 30 baravarigacha boʻlsa:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat uchun — BHMning 5 baravari miqdorida;
uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun — BHMning 7 baravari miqdorida;
ogʻir jinoyat uchun — BHMning 10 baravari miqdorida;
oʻta ogʻir jinoyat uchun — BHMning 15 baravari miqdorida;
v) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 30 baravaridan 100 baravarigacha boʻlsa:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat uchun – BHMning 10 baravari miqdorida;
uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun — BHMning 15 baravari miqdorida;
ogʻir jinoyat uchun — BHMning 20 baravari miqdorida;
oʻta ogʻir jinoyat uchun — BHMning 25 baravari miqdorida;
g) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 100 baravaridan koʻp boʻlsa, quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:
ancha miqdor uchun — pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulk qiymatining 15 foizi miqdorida;
koʻp yoki juda koʻp miqdor uchun — pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulk qiymatining 10 foizi miqdorida.
Bunda pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulk qiymatini foizlarda hisoblashda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorning eng kam miqdoridan kelib chiqiladi.
d) qidiruvda boʻlgan shaxsning yashiringan joyi haqida xabar berganligi uchun BHMning 5 baravari, ikki yoki undan ortiq qidiruvda boʻlgan shaxslarning yashiringan joyi haqida bir vaqtda xabar berganligi uchun esa — BHMning 7 baravari miqdorida.
Esdalik sovgʻa qiymati BHMning 2 baravaridan oshmasligi lozim.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish masalasi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ maxsus komissiyaning qarori asosida 1 ish kuni ichida bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovgʻasi bilan taqdirlash haqida qaror chiqaradi.
Bir martalik pul mukofoti xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritilgandan soʻng 10 ish kuni ichida shaxslarning shaxsiy hisob varagʻiga oʻtkazib beriladi, esdalik sovgʻasi esa qonun hujjatlariga muvofiq sovgʻa qilinadigan buyum xarid qilingandan soʻng 5 ish kuni ichida topshiriladi.