Olimlar jamoasi o'z tadqiqotida samaradorligi yoshga qarab pasayadigan eshitish sezgi hujayralarining funksiyasini boshqaradigan signal yo'llariga e'tibor qaratishdi. Bunday holatda davolanishning yagona usuli eshitish vositasi yoki implant bo'lishi mumkin.

Muqobil davolash usullarini ishlab chiqish uchun, avvalo, eshitish hujayralari sog'lom faoliyatni davom ettirishiga nima zarur ekanini aniqlash kerak. Mutaxassislar mTORC2 signal yo'li hujayra o'sishi va tsitoskeletni tartibga solishini aniqlashdi.

Sichqonlar ustida o'tkazilgan tajribalarda quloqning ichki qismidagi soch hujayralarida asosiy mTORC2 geni olib tashlandi. Natijada, hayvonlar 12 hafta ichida eshitish qobiliyatini butunlay yo'qotdi. Bu kelgusidagi muolajalar mTORC2 signal yo'lini tiklashga qaratilgan bo'lishi lozimligini ko'rsatadi. Bunga dori vositalaridan foydalanish yoki gen terapiyasi orqali erishish mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.