Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:
➖2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;➖2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;➖2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;➖2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.