Bu haqda ayni daqiqalarda davom etayotgan matbuot anjumanida Davlat xizmatlari agentligi boʻlim boshligʻi Abror Maqsudov maʼlum qildi.
«Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini amal qilish muddati 2022-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilgan. Ularni almashtirish boʻyicha Davlat xizmatlari agentligiga murojaat qilish lozim.
Toʻlov — bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi miqdorida undiriladi. Xizmat koʻrsatish muddati — 20 daqiqadan oshmaydi», deydi mutaxassis.