Eski tomchilatib sug'orish uskunalarini o'rnatib, kredit mablag'ini o'zlashtirgan fermer xo'jaligi rahbari aniqlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo'rg'on tuman bo'limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazildi.

    Aniqlanishicha, “M.B.” fermer xo'jaligi rahbari A.X. tumandagi “Yangihayot” massividagi 40 gektar paxta er maydoniga tomchilatib sug'orish texnologiyalarini olib kelib o'rnatish uchun bank muassasasidan 700 million so'm kredit ajratilishiga erishib, kredit mablag'ini o'zlashtirish maqsadida er maydonining 26 gektariga eski va sifatsiz uskunalarni o'rnatib, keyinchalik uskunalarni yana qaytarib olib ketib, kredit mablag'ini maqsadsiz ishlatganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

    Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.