Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, zamonaviy agrotexnika usullarini qo‘llash orqali hududning og‘ir va murakkab sharoitida ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, paxta va g‘alla yo‘nalishlarida yuqori hosildorlikka erishish, aholi farovonligini oshirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, shuningdek, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi katta xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi «Sultonboy Xonimjon» fermer xo‘jaligi boshlig‘i Sobirov Egamberdi Sultonovich «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev