Reyting natijalariga koʻra, Top-5lik roʻyxatni boks, xokkey, amerikacha futbol, basketbol va restling tashkil etgan.

ESPN mutaxassislarining eʼtiroficha, sport turlari mundarijasini belgilashda har bir yoʻnalishda shugʻullanish, mashgʻulotlar oʻtkazish dinamikasi, inson organizmiga taʼsir koʻrsatish jihatlari inobatga olingan.

Kuchli beshlikdan oʻrin olgan sport turlaridan keyingi pogʻonalarni esa yakkakurash yoʻnalishlari, tennis, gimnastika, beysbol va futbol egallagan.