Yetakchi nemis virusologi koronavirus uch yil davomida biz bilan birga qolishidan ogohlantirdi

    Koronavirus yoʻq boʻlib ketmaydi va uch yil davomida yonimizda boʻladi, deya ogohlantirdi yetakchi nemis virusologi Xenrik Shtrik, deb yozadi Britaniyaning The Independent gazetasi.

    Bonn universiteti Virusologiya instituti direktori, professor Shtrikning soʻzlariga koʻra, infeksiyaning yangidan avj olishi muqarrar va virusni yana-da keng tarqalishining oldini olish uchun jamoat yangi turmush tarziga moslashishi kerak.

    “Bu virus yoʻqolmaydi. Endi bu kundalik hayotimizning bir qismiga aylandi” — dedi u.

    “Koronavirus uch yildan keyin ham mavjud boʻladi va biz u bilan kelishish yoʻlini topishimiz kerak. Biroq, cheklov choralarini koʻrish, masalan, odamlarning ommaviy yigʻilishlarini oldini olish juda muhimdir. Endi biz bilamiz, ijtimoiy masofa va tibbiy maskalardan foydalanish virus tarqalishiga kuchli taʼsir koʻrsatishi mumkin”, — deya qoʻshimcha qildi ekspert.

    Mutaxassis shuningdek, jamoaviy immunitet gʻoyasi “dahshatli” tuyulishi mumkin, ammo bu virusga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega ekanligini aytdi.

    “Siz jamoa immunitetini dahshatli eshitasiz, chunki siz odamlarni yuqtirishga majbur qilasiz. Ammo bu infeksiya tarqalishini sekinlashtirishga yordam beradi”, — deb tushuntirdi professor Shtrik.