Yashnobod tumani, Beshariq koʻchasi, 3-uyda istiqomat qiluvchi G.Ya.Garifyanov va Fargʻona yoʻli koʻchasi, 15/6-uy, 4-xonadonda istiqomat qiluvchi A.I.Gorchanovlarning oilasiga tashrif uyushtirildi. Yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni va ikkinchi jaxon urushida erishilgan gʻalabaning 76 yilligi bilan qizgʻin qutlab, esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tashrif davomida otaxonlar vatan ozodligi uchun kechgan janglar toʻgʻrisida gapirib berishdi hamda bugungi tinch osuda kunlarimizga shukronalar qilishimiz lozimligi toʻgʻrisida nasixatlar qilishdi.