Suhbatda YETTB ishtirokidagi joriy investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayoni va hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Joriy yilning may oyi boshida YETTB bilan birgalikda Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishini yuqori darajada oʻtkazish boʻyicha tashkiliy masalalar yuzasidan kelishib olindi.
Qayd etish lozim, YETTB portfeliga suv taʼminoti va oqova suvlarni tozalash, energetika, markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti, transport, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash sohalarida umumiy qiymati 391,3 million yevrolik 16 ta yakunlangan loyiha, shuningdek, umumiy qiymati 3 milliard yevro boʻlgan 15 ta hozirgi kunlarda amalga oshirilayotgan loyiha kiradi.
Shu bilan birga, suv taʼminoti, taʼlim, energetika, yoʻllarni rekonstrutsiya qilish, transport va qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohalarida 815 million yevrolik 8 ta loyiha ishlab chiqilmoqda.