Tomonlarning hamkorligi Oʻzbekistonning mamlakat energetika sektorini uni asta-sekin dekarbonlash uchun oʻzgartirish boʻyicha strategiyasini ilgari surishga qaratilgan.
Kelishuv doirasida YETTB moliyalashtirish, xususan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) asosida keng koʻlamli elektr stansiyalari loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, zamonaviy elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishga oid yechimlarni amalga oshirish, eski, samarasiz issiqliq elektr stansiyalarni foydalanishdan chiqarish, shuningdek gaz generatsiyasi parkini modernizatsiya qilish va qayta ixtisoslashtirishda texnik koʻmak va yordam koʻrsatishni rejalashtirmoqda.
YETTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterinkning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston energetikasini dekarbonlash boʻyicha yoʻl xaritasini ishlab chiqish “Bankning mamlakatdagi strategik ustuvor yoʻnalishlarini aks ettirib, Yaponiya huqumati tomonidan qoʻllab-quvvatlangan”.
YETTB soʻroviga koʻra Yaponiya hukumati Oʻzbekiston energetika tarmogʻining past uglerodli kelajakka oʻtishi boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tayyorlashda moliyaviy koʻmak koʻrsatdi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston va YETTB hamkorligi 2017-yilda yangi surat bilan rivojlanishni boshlaganini qoʻshimcha qilmoqchimiz. Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshlagandan to hozirgi vaqtga qadar YETTB 92 ta loyiha uchun 2 milliard yevrodan ortiq, jumladan umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar boʻlgan 7 ta loyihaga sarmoya kiritgan.
Oʻzbekiston Energetika vazirligi past uglerodli energetika haqida 2020-yilning mayida eʼlon qilgan edi. Mamlakatimiz uglerod chiqarish darajasi past boʻlgan energiya manbalari, jumladan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish, quyosh, gidro va shamol energiyasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratishni maqsad qildi.
Energetika vazirligi
Matbuot xizmati