Bugun turnirning final janglari boʻlib oʻtadi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, musobaqada mezbonlardan tashqari Kuba, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Moʻgʻuliston kabi boks olamida kuchli maktabga ega 10 dan ortiq mamlakat vakillari qatori hamyurtlarimiz ham ishtirok etmoqda. Murosasiz oʻtgan saralash bellashuvlaridan keyin Oʻzbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili final bosqichiga yetib keldi.
Eʼtiborlisi, bu gal oltin medal uchun bahs olib boradigan qizlarimiz yigitlarimizdan son jihatdan ustunlik qilmoqda. Bugun chempionlik uchun ringga koʻtariladigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
Erkaklar:
-48 kg: Asilbek Jalilov - Temirtas Jussupov (Qozogʻiston)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Felesiano Martines (Kuba)
+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Damir Toibay (Qozogʻiston)
Ayollar:
-50 kg: Sabina Boboqulova - Namiki Sukimi (Yaponiya)
-52 kg: Feruza Kazakova - Jana Shekerbekova (Qozogʻiston)
-54 kg: Nigina Oʻktamova - Boro Jamuna (Hindiston)
-57 kg: Sitora Turdibekova - Karina Ibragimova (Qozogʻiston)
Bronza medali sohiblari:
Erkaklar:
-51 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov
-63.5 kg: Mujibillo Tursunov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Ayollar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-48 kg: Marjona Savriyeva
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Sohiba Roʻzmetova