Yetti oyda 21,3 mlrd soʻmlik 127 ta ijro ishi yakunlandi

    Mamlakatimizda 3 Sentabr 2020 905

    Namangan shahar boʻlimi tomonidan tijorat banklari foydasiga kredit mablagʻlarini majburiy tartibda undirish borasida tegishli chora-tadbirlar koʻrib kelinmoqda.

    Birgina joriy yilning oʻtgan 7 oyi davomida boʻlim ish yurituviga kelib tushgan shu yoʻnalishdagi 21,3 mlrd soʻmlik 127 ta ijro hujjati ishi tugatildi.

    Masalan, fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining qaroriga asosan daʼvogar AITB “Buyuk ipak yoʻli” Namangan filiali tumanlararo sudining qoʻshimcha javobgar Liliya Toshmatovadan 54.042.482 soʻm soʻm qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilinadi.

    Mazkur ijro hujjati Byuroning Namangan shahar boʻlimi ish yurituviga olinib, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda ijro ishi qoʻzgʻatildi.

    Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorga sud qarorining ijrosini taʼminlash uchun ixtiyoriy muddat beriladi va bir necha bor ogohlantiriladi. Olib borilgan ijro harakatlari samara berib, qarzdorlik bank foydasiga undirib berildi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.

    Muzaffar Rahmatullayev,

    MIB Namangan shahar boʻlimi davlat ijrochisi