Yetti viloyatda sel xavfi eʼlon qilindi

    18-19-avgust kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi ortidan togʻli hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar ehtiyotkor boʻlish soʻralmoqda.

    Qashqadaryo viloyati — Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;

    Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

    Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

    Toshkent viloyati — Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

    Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

    Fargʻona viloyati — Soʻx, Fargʻona, Beshariq tumanlarida va Shohimardon hududida;

    Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.