Yettita davlat Trampni tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko'rsatdi

    Oq uy AQSh Prezidenti Donald Trampni tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti uchun qo'llab-quvvatlagan xorijiy yetakchilar ro'yxatini e'lon qildi.

    Bu haqda Oq uyning X ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi.

    Tramp nomzodini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Kambodja Bosh vaziri Xun Sen, Gabon Prezidenti Brays Oligi Ngema, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Pokiston hukumati va Ruanda tashqi ishlar vaziri Olivye Nduxungirexe qo'llab-quvvatladi, deb xabar berdi rbc.ru.