Yettitom shaharchasi bosh rejasida nimalar aks etgan?

    Xabaringiz bor, bu maʼmuriy birlikni tashkil etish gʻoyasi Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidan oʻrin olgan edi.

    Oliy Majlis Senatining shu yil 17-martdagi qaroriga muvofiq, aholiga qulayliklar yaratish hamda urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish maqsadida Chiroqchi tumanining bir qismida Koʻkdala tumani tashkil etildi.

    Tuman hududi 171 ming gektar boʻlib, 32 ta mahalladan iborat. Loyihaga koʻra, Yettitom shaharchasida tuman hokimligi va mahalliy idoralar uchun binolar, “Yangi Oʻzbekiston” massivi, bogʻcha va maktablar, poliklinika, istirohat bogʻi, xalqaro ahamiyatdagi yoʻl boʻyida xizmat koʻrsatish va savdo majmualari barpo etiladi. 159 kilometr yoʻl taʼmirlanib, 50 kilometr ichimlik suvi, 80 kilometr elektr tarmoqlari quriladi.

    Prezidentimiz tumanga tashrifi davomida yangi binolarni energiya tejamkor qilib qurish, uylar tepasiga quyosh energiyasi panellari oʻrnatish zarurligini taʼkidlagan.