Oqibatida olti yoshli bola, ikki o'smir va to'rt nafar katta yoshli odam suvga tushib ketdi.

Bu haqda Samara viloyati yong'in xavfsizligi xizmatining 39-sonli o't o'chirish va qutqaruv otryadi boshlig'i Boris Ryadinskiy ma'lum qildi.

Ikki yo'lovchiga tibbiy yordam ko'rsatildi.

“Suvda yetti kishi bo'lgan, hamma zudlik bilan zaxira qayiqda qirg'oqqa olib chiqildi. Ayol va olti yoshli qiz zudlik bilan kasalxonaga yetkazildi va ularga yordam ko'rsatildi. Hech kim jabrlanmadi”, dedi agentlik manbasi.

Samara viloyatida suv bosgan uylar va tomorqa yerlari soni mos ravishda 50 va 901 taga kamaydi, vaqtinchalik joylashtirish markazlarida esa 60 dan ortiq odam bor, deb xabar beradi report.az.